Barcha yangiliklar
MAKTABDA TA’LIM-TARBIYA VA TO‘GARAKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 278445
Gallery image 278446
Gallery image 278447
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
15:15

MAKTABDA TA’LIM-TARBIYA VA TO‘GARAKLAR FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Do‘stlik MFYdagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayoni va to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb etilishi, to‘garaklar faoliyati va yoshlarning qiziqishlarini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Deputat to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quvchilar qamrovini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Maqsad — ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish.