Barcha yangiliklar
MAKTAB SPORT ZALI HOLATI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 278437
Gallery image 278438
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
15:11

MAKTAB SPORT ZALI HOLATI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Yoshlarning jismonan sog‘lom, faol va barkamol bo‘lib voyaga yetishida sport inshootlarining holati va ulardan foydalanish imkoniyatlari muhim o‘rin tutadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Do‘stlik MFYdagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zali holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida sport zalining saqlanishi, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Deputat sport zalidan samarali foydalanish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berdi.