








📌 DAMBОG‘ TARAQQIYOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR KASANACHILIK VA TADBIRKORLIKKA YO‘NALTIRILDI
📌 DAMBОG‘ TARAQQIYOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR KASANACHILIK VA TADBIRKORLIKKA YO‘NALTIRILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati X. Toshmatova tomonidan Dambog‘ Taraqqiyot mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularni kasanachilik va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarga kasanachilik orqali daromad topish, o‘zini o‘zi band qilish, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda oilaviy tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tegishli yo‘nalishlar berildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
⚖️ Huquqiy targ‘ibot doirasida quyidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati o‘rganildi:
▪️ O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-son “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni — aholi bandligini ta’minlash, mehnat faoliyatini tashkil etish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan.
▪️ O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni — oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishning huquqiy asoslari yuzasidan.
📋 Deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasiga muvofiq:
▪️ Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va kasanachilik faoliyatini rivojlantirish.
▪️ Yakka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarga tegishli yo‘nalishlar berish.
▪️ Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va daromad manbalarini kengaytirishga ko‘maklashish.
▪️ Mahallada tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini davom ettirish.
📍 Maqsad — xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦