
HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA
HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA
🗓 19–23-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan hafta davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.
📊 Doimiy komissiya yig‘ilishida:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 137-son qarori ijrosi va ichki ishlar organlari faoliyatini baholash tartibi;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan tuman prokurori J. Xolmurodovning axboroti;
🔹 Tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan tuman IIB boshlig‘i U. Xalimovning hisoboti muhokama qilindi.
🔎 Mahallalarda o‘rganishlar va deputatlik nazorati
Hafta davomida quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganishlar olib borildi:
▪️ Tumandagi 2-sonli Huquq-tartibot maskanida profilaktika inspektorlari bilan uchrashilib, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
▪️ Yoshlar yetakchisi N. Turimovning faoliyati o‘rganilib, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish darajasi, ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar va mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.
▪️ Novchandir mahallasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar bilan tanishildi.
▪️ 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar o‘rganildi.
▪️ Elbek mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda xotin-qizlar faoli faoliyati bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.
✅ Asosiy maqsad — hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularning sabablarini o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashdan iborat. 🇺🇿R