Barcha yangiliklar
MAKTABDA QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 278423
Gallery image 278424
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
15:09

MAKTABDA QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTAT NAZORATIDA

Sovuq kunlarda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun iliq va xavfsiz sharoit yaratish — muhim vazifa. Bunda isitish tizimining sozligi va ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasining yetarliligi alohida ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Do‘stlik MFYdagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida isitish tizimi, qozonxona uskunalari va ko‘mir zaxirasiga e’tibor qaratildi. Deputat mas’ullarga isitish uskunalarini muntazam tekshirish, yoqilg‘i zaxirasini nazorat qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.