Barcha yangiliklar
HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI: IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, SPORT VA MADANIYAT MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
15:10

HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI: IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, SPORT VA MADANIYAT MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA

 HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI: IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, SPORT VA MADANIYAT MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA

🗓 19–23-oktabr kunlari
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan hafta davomida hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ijtimoiy xizmatlar sifatini tahlil qilish hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan ishlashga e’tibor qaratildi.

🌐 Hafta davomida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib borildi:

♻️ Chiqindilarni boshqarish — mahallalarda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish jadvali, xizmat tariflari, belgilangan tartiblar hamda maxsus transport vositalarining harakatlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

📱 Yoshlar sporti va infratuzilmasi — mahalladagi stadionning sanitariya holati, obodonlashtirilishi, sport jihozlari va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar e’tibor markazida bo‘ldi.

👍 Oilalar bilan ishlash — mahallada nizoli oilalar bilan tegishli tushuntirish va yarashtirish ishlari olib borildi.

✅ Komissiya faoliyatining asosiy maqsadi — aholi manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish hamda hududlarda aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishdan iborat. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️