Barcha yangiliklar







TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
15:07
ILM MAHALLASIDA AHOLI UCHUN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
ILM MAHALLASIDA AHOLI UCHUN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Allayorova tashabbusi bilan Ilm mahallasida aholi uchun ko‘z kasalliklarini erta aniqlash va davolash maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
👁 Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarning ko‘z salomatligi tekshirilib, kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish hamda zarur hollarda tegishli tibbiy tavsiyalar berishga e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur tashabbus aholining salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan.