Barcha yangiliklar
DO‘STLIK MFYDA SUV TA’MINOTI VA MUQOBIL ENERGIYA — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 278417
Gallery image 278418
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
15:08

DO‘STLIK MFYDA SUV TA’MINOTI VA MUQOBIL ENERGIYA — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Do‘stlik MFYda amalga oshirilgan infratuzilma ishlari bilan tanishdi.

Mahallada aholini suv bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida artezian qudug‘i qurib bitkazildi. Shuningdek, energiya ta’minotini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatildi.

O‘rganishda ushbu infratuzilma obyektlaridan samarali foydalanish, ularning barqaror ishlashi va soz holatini saqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Maqsad — aholi uchun qulay sharoit yaratish, suv ta’minotini yaxshilash va muqobil energiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish.