Barcha yangiliklar
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI: OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 278414
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
28 Okt 2026
00:00

OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI: OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Tashrif davomida deputat Otayurt mahallasida joylashgan “Istiqlol” oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiyot muassasasining faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar va mavjud muammolarni aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur tashrifda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputatlari B.Suyunov va G‘.Saitboyevlar ham ishtirok etdilar.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi salomatligini muhofaza qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish, fuqarolar uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishini o‘rganish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.