Barcha yangiliklar
DO‘STLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 278409
Gallery image 278410
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
15:01

DO‘STLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Do‘stlik MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ehtiyojmand ayollarga ko‘maklashish hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarning muammolarini manzilli hal etish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda mahallada ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Maqsad — xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini oshirish va ularning jamiyatdagi faolligini kuchaytirishga ko‘maklashish.