Barcha yangiliklar
#HOKIM_VA_DEPUTAT
Gallery image 278399
Gallery image 278400
Gallery image 278401
Gallery image 278402
Gallery image 278403
Gallery image 278404
Gallery image 278405
Gallery image 278406
Gallery image 278407
Gallery image 278408
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
29 Okt 2026
15:00

#HOKIM_VA_DEPUTAT

Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Mavlyanov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich tomonidan tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sifati va samaradorligi, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Ta’lim sifati: o‘quv jarayonining tashkil etilishi va dars mashg‘ulotlari samaradorligi;
Shart-sharoitlar: o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik holati;
Isitish tizimi: maktab binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va isitish tizimining holati.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni hal qilish hamda maktabda xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishni ta’minlashdan iborat.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz