Barcha yangiliklar
ISTIROHAT BOG‘LARI VA YASHIL ZONALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
14:59

ISTIROHAT BOG‘LARI VA YASHIL ZONALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 ISTIROHAT BOG‘LARI VA YASHIL ZONALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi 671-son qarori ijrosini o‘rganish masalasi muhokama qilindi.

📄 Muhokama yakunlari bo‘yicha
doimiy komissiyaning 2026-yil 23-oktabrdagi DKQ 03-04/175-26-son qarori qabul qilindi.

🌱 Qarorda tumandagi istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar va boshqa yashil hududlarni xatlovdan o‘tkazish, ularning obodonlashtirilganlik darajasi, sug‘orish tizimlari, piyodalar yo‘laklari hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish vazifalari belgilandi.

📌 Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
💎 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
💎 Daraxt va butalarni saqlash, parvarishlash hamda yangi ko‘chatlar ekish ishlarini tashkil etish;
💎 Yashil hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holatini muntazam nazorat qilish;
💎 Yangi istirohat bog‘lari tashkil etish va mavjudlarini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish imkoniyatlarini o‘rganish;
💎 Davlat-xususiy sheriklik asosida sohaga investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish.

👥 Qaror bilan tuman hokimi o‘rinbosari Sh. Daniyarov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar zimmasiga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi.

✅ Doimiy komissiya va deputatlar o‘z saylov okruglaridagi istirohat bog‘lari hamda yashil hududlar holatini o‘rganib boradi.
🌐 Aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari kiritish va zarur takliflar ishlab chiqish orqali deputatlik nazorati amalga oshiriladi.