Barcha yangiliklar
Deputat axboroti
Gallery image 34465
Gallery image 34466
Gallery image 34467
Gallery image 34468
Gallery image 34469
Gallery image 34470
Gallery image 34471
Gallery image 34472
Gallery image 34473
Gallery image 34474
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
07 Apr 2025
10:16

Deputat axboroti

Deputat axboroti

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Bumayram Sabirova “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi hamda mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla profilaktika inspektori, soliq va ijtimoiy xodimlarning faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari uzrli sabablarga eshitilmay, navbatdagi chorak yakunida eshitilishi belgilandi. 

Uchrashuv davomida yettilik rahbarlarining hisobotlari tinglanib, fuqarolarning dolzarb muammolari va takliflari o‘rganildi. Muammolarning yechimiga oid takliflar joyida muhokama qilinib, tegishli tashkilotlarga yetkazish rejalashtirildi. Bunday uchrashuvlar aholining murojaatlarini bevosita eshitish, ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hisobot yig‘ilishida so‘zga chiqqan hudud deputati B.Sabirova o‘tgan chorakda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida ko‘rilgan masalalar xususida batafsil axborot berildi.