

ICHIMLIK SUVI TARIFLARI VA TO‘LOV TARTIBI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
ICHIMLIK SUVI TARIFLARI VA TO‘LOV TARTIBI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B. Sadikova Turkman mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
💧 Muloqot davomida ichimlik suvi tariflari, suvni tejash va asrab-avaylash, iste’mol qilingan suv uchun to‘lov summalari hamda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining mazmun-mohiyati haqida suhbatlashildi.
📄 Shuningdek, fuqarolarga ichimlik suvidan oqilona foydalanish, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va amaldagi tartiblarga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🙏 Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy xabardorligini oshirish, kommunal xizmatlarga oid masalalarni o‘rganish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarga e’tibor qaratishga xizmat qiladi.