










ÖZBEKISTON MILLIY PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA “UÇ AVLOD UÇRAŞUVI” BÖLIB ÖTDI
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ÖZBEKISTON MILLIY PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA “UÇ AVLOD UÇRAŞUVI” BÖLIB ÖTDI
🏛 Özbekiston milliy pedagogika universitetining Harbiy ta’lim fakultetida yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, avlodlar örtasidagi ma’naviy riştalarni mustahkamlaş hamda nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yoş avlodga yetkaziş maqsadida “Uç avlod uçraşuvi” taşkil etildi.
🔺 Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Sevara Fayziyeva hamda Jamila Şermuhammedova, Yaşnobod tumani Nuroniy jamğarmasi raisi, tuman Kengaşi deputati Bahrom Hudoyorov, “Katta Qöyliq” mahallasi raisi, nuroniylar, mahalla faollari, universitet professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
📋 Uçraşuv davomida avlodlar davomiyligi, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insoniylik, mehr-oqibat va yoşlarning jamiyat hayotidagi örni kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
🎙 Tadbirda sözga çiqqan deputatlar Sevara Fayziyeva va Jamila Şermuhammedova yoş avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalaş, ularning bilim olişga bölgan intilişini qöllab-quvvatlaş, faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş hamda yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissini kuçaytiriş muhimligini ta’kidladilar.
📚 Xususan, yoşlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaşi, öz ustida muntazam işlaşi, jamiyat hayotida faol iştirok etişi hamda xalq manfaatlariga xizmat qiladigan yetuk mutaxassislar bölib voyaga yetişida ustozlar, ota-onalar va nuroniylarning örni beqiyos ekani qayd etildi.
🎖 Harbiy ta’lim yönalişida tahsil olayotgan talabalar uçun vatanparvarlik, intizom, jasorat, fidoyilik va mas’uliyat kabi fazilatlarni şakllantirişga alohida e’tibor qaratildi. Harbiy xizmatçilar tomonidan bildirilgan fikrlar va hayotiy tajribalar yoşlarning dunyoqaraşini boyitişga xizmat qildi.
🤝 Şuningdek, mahalla, ta’lim muassasalari va deputatlar hamkorligini mustahkamlaş, yoşlarni ijtimoiy faollikka undaş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
📉 Mazkur uçraşuv mahalliy Kengaş deputatlari faoliyatining ustuvor yönalişlari, xususan, yoşlar bilan işlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, ta’lim va tarbiya jarayonlarini qöllab-quvvatlaş, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni rivojlantiriş hamda mahallalarda soğlom ma’naviy muhitni mustahkamlaş vazifalari bilan bevosita boğliq.
♻️ Tadbir davomida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar uçraşuvga bayramona ruh bağişlab, milliy san’atimiz va madaniy merosimizga bölgan hurmatni yanada oşirdi.
🗣 Uçraşuv yakunida faol iştirok etgan mehmonlar va deputatlarga taşakkurnomalar topşirildi. Bu e’tirof ularning yoşlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy işlar rivoji hamda milliy qadriyatlarni tarğib etiş borasidagi faoliyatiga bildirilgan minnatdorlik ifodasi böldi.
📝 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputatlari Sevara Fayziyeva va Jamila Şermuhammedova iştirokida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” yoşlar va nuroniylar örtasidagi ma’naviy aloqalarni mustahkamlaş, yoşlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat va jamiyat oldidagi mas’uliyat hissini yuksaltirişga xizmat qildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash