Barcha yangiliklar
Sardobalik para sportchi — xalqimiz faxri!
Gallery image 278382
Gallery image 278383
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
27 Okt 2026
00:00

Sardobalik para sportchi — xalqimiz faxri!

Ushbu yutuq munosabati bilan Ravot mahallasi xodimlari chempionni muborakbod etish, uning quvonchiga sherik bo‘lish hamda ota-onasiga samimiy minnatdorchilik bildirish maqsadida xonadoniga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Sunnatning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, uning ota-onasiga farzandini tarbiyalab, kamolga yetkazgani uchun chuqur minnatdorchilik bildirildi.
Shuningdek, sportchiga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar, mustahkam iroda va yangi marralarni zabt etish, Vatanimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda yanada yuksaklarga ko‘tarish tilandi.
Sunnat Botirovning muvaffaqiyati yoshlar uchun ibrat, tumandoshlarimiz uchun esa cheksiz faxr va g‘urur manbaidir. Bunday yutuqlar yurtimizda para sportni rivojlantirish, yoshlarni matonat va qat’iyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.