Barcha yangiliklar





ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
14:53
“INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratdi.
Tashrif davomida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlash, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash hamda ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari yuzasidan tavsiyalar berdi.