Barcha yangiliklar
DO‘STLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 278366
Gallery image 278367
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
14:52

DO‘STLIK MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Do‘stlik MFYda bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalarni aniqlash, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodimning mahalla yettiligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan fikr almashildi.