Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
14:52
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN CHORTUT OKRUGI SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERILDI
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN CHORTUT OKRUGI SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERILDI
Xalq deputatlari Pastdar‘om tumani Kengashining 23- saylov okrugidan saylangan deputati Nurmamatova Sadoqat Tag‘ayevna 3-chorak yakunlari bo‘yicha Qozoq Nayman mahallasi aholisiga deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Uchrashuvda elektr, gaz, ichimlik suvi, yo‘l, “Toza hudud”, obodonchilik, pensiya, bandlik tashkilot vakillari, “mahalla yettiligi” hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
🔔 2026-yil 3-chorakdagi deputatlik faoliyatining asosiy natijalari:
Mahallada tashkil etilgan 3 ta sayyor qabul va 5 ta deputat qabulida ishtirok etdi.
5 ta o‘rganish tadbirida ishtirok etdi.
8 ta deputatlik so‘rovi yubordi.
2 ta qonunchilikka oid masala yuzasidan taklif va munosabat bildirdi.
5 ta doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etdi.
3-chorak davomida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining 14 ta sessiyasida ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar muhokamasida faol qatnashdi.
🏦 Deputat tashabbusi va so‘rov natijalariga ko‘ra:
Barqaror ko‘chasi – shag‘allashtirish va asfatlash ishlari bajarildi.
Moziy ko‘chasi - shag‘allashtirish va asfatlash ishlari bajarildi.
Ziyolilar ko‘chasi – shag‘allashtirish va asfatlash ishlari bajarildi.
Obloqul Saidurodov ko‘chasi - shag‘allashtirish va asfatlash ishlari bajarildi.
Mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan 105 ta murojaat deputat tomonidan o'rganib chiqildi.
Fuqaro Rahmatova Nigoraning elektr ta’minoti bo‘yicha murojaatiga asosan elektr tarmog‘i mas’ullari ishtirokida muammo bartaraf etildi.
Fuqaro Sanaqulova Nilufarning ichki yo‘lni ta’mirlash haqidagi murojaati o‘rganilib, mazkur ko‘cha joriy ta’mirlash dasturiga kiritildi.
Fuqaro Niyozov Muhiddinning chiqindi o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani haqidagi murojaati bo‘yicha chiqindi tashuvchi korxonaga deputatlik so‘rovi yuborildi va xizmat ko‘rsatish grafigi qayta tashkil etildi.
Fuqaro Toshqulov Sunnatning ko‘cha yoritish masalasi bo‘yicha murojaatiga asosan nosoz chiroqlar almashtirildi.
Fuqaro Yaxshiyeva Nargizaning moddiy yordam masalasidagi murojaati tegishli komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi.
Fuqaro Xidirnazarov Shuxratning bolalar maydonchasini barpo etish haqidagi murojaati asosida mazkur hudud manzilli dasturga taklif etildi.
Fuqaro Ashurov Sanjarning yo‘lni shag‘allash bo‘yicha murojaati asosida joriy ta’mir ishlari amalga oshirildi.
Fuqaro Rustamov Dostonning sanitariya holatini yaxshilash haqidagi murojaatiga asosan hashar tashkil qilinib, chiqindilar tozalandi.
✍️Deputat faoliyati qoniqarli deb baholandi.
✔️ Yig‘ilish davomida mahalla hududida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mahalla hududini videokuzatuv kameralari bilan qamrab olish, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda boshqa qator masalalar yuzasidan saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yig‘ilishda ishtirok etgan ma'sul tashkilot vakillariga taqdim etildi.
📌 Bildirilgan taklif va murojaatlarning ijrosi Xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashining 23-i saylov okrugi deputati S.Nurmamatova tomonidan nazoratga olindi.