Barcha yangiliklar
NAVBATDAGI SESSIYA MASALASI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Gallery image 278360
Gallery image 278361
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
14:51

NAVBATDAGI SESSIYA MASALASI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

 NAVBATDAGI SESSIYA MASALASI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kumakov tomonidan navbatdagi Kengash sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🩺 O‘rganish mavzusi: tumanda sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan aholi salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish va profilaktika qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

🔎 O‘rganish davomida profilaktika tadbirlarining tashkil etilishi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishga e’tibor qaratiladi.

📋 O‘rganish natijalari navbatdagi Kengash sessiyasida muhokama qilinib, sohada mavjud muammolarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

🙏 Mazkur jarayon aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy-profilaktika ishlarini takomillashtirish va sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.