Barcha yangiliklar
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA TAŞLANDIQ HOLDAGI GARAJLAR ÖRNIDA ZAMONAVIY VA OBOD HUDUD TAŞKIL ETIŞ MASALASI KÖRIB ÇIQILDI
Gallery image 278353
Gallery image 278354
Gallery image 278355
Gallery image 278356
Gallery image 278357
Gallery image 278358
Gallery image 278359
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
29 Okt 2026
14:50

AL-XORAZMIY MAHALLASIDA TAŞLANDIQ HOLDAGI GARAJLAR ÖRNIDA ZAMONAVIY VA OBOD HUDUD TAŞKIL ETIŞ MASALASI KÖRIB ÇIQILDI

Çilonzor tumanidagi 17-Bek-töpi saylov okrugiga qaraşli Al-Xorazmiy mahallasida deputat Xusainov Alişer Abduvaxoboviç prokuratura va içki işlar organlari xodimlari bilan birgalikda uzoq vaqtdan buyon taşlandiq holda turgan garajlar joylaşgan hududni közdan keçirdi.

Ta’kidlaş joizki, uzoq vaqtdan buyon foydalanilmayotgan va qarovsiz qolgan inşootlar hududning obodonlaştirilişi, jamoat xavfsizligi hamda aholi uçun qulay muhit yaratiş nuqtai nazaridan alohida e’tibor talab etadi.

Şu bois, joyiga çiqqan holda mavjud vaziyatni örganiş, muammoning maqbul yeçimlarini belgilaş va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan takliflarni işlab çiqişga alohida e’tibor qaratildi.

Örganiş va muhokamalar yakunida eski garajlarni olib taşlaş, ularning örnida zamonaviy garajlar majmuasi hamda bolalar uçun öyin maydonçalarini barpo etiş masalasi yuzasidan kelişuvga kelindi.

Mazkur taşabbusni amalga oşiriş hududning obod qiyofasini şakllantiriş, jamoat xavfsizligini mustahkamlaş va mahalla aholisi, ayniqsa, bolalar uçun yanada qulay muhit yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Obod mahalla — farovon hayot va xavfsiz kelajak garovidir!