
XONADONLAR HOLATI VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
XONADONLAR HOLATI VA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Xonchorvoq mahalla fuqarolar yig‘inining Qayrag‘och qishlog‘i, Vatanparvar ko‘chasi, 24-uy hududida aholi xonadonlari o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘cha boshi Nurmat Haqberdiyev bilan muloqot qilinib, hududdagi mavjud holat, aholi turmush sharoiti va fuqarolarni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.
🙏 Shuningdek, aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.
📋 Deputatlik o‘rganishlari hududlarda aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va mavjud muammolar yechimiga ko‘maklashishga qaratilgan.