


BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Pastdarg‘om tumani Barkamol avlod bolalar maktabi faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabda to‘garaklar faoliyatini tashkil etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ijodiy qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasb-hunar va ko‘nikmalarni egallashlari uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
📋 Shuningdek, to‘garaklarga bolalarni jalb etish, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish va mavjud muammolarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
🙏 Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar yosh avlodning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ta’limdan tashqari mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda tashkilot faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.