Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 278341
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
27 Okt 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev, tuman deputati B.Suyunov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S.Nomozov tomonidan sessiya oldidan “Sardoba tumanida ijtimoiy ehtiyojmand aholi toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ularni zaxiraga qo‘yish masalasi” yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etilib, mas’ullar o‘rtasida vazifalar taqsimoti amalga oshirildi.
O‘rganish davomida masalaning mazmun-mohiyatini tahlil qilish, belgilangan ish o‘rinlarining asoslanganligini ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan takliflarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.