Barcha yangiliklar
DO‘STLIK MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Gallery image 278337
Gallery image 278338
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
14:42

DO‘STLIK MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish, oilalarning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mas’ullar bilan hamkorlikni kuchaytirish va har bir oilaning ijtimoiy holatidan kelib chiqib amaliy choralar belgilash muhimligi ta’kidlandi.