

BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov tomonidan o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Pastdarg‘om tumani ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ta’lim va fan xodimlarining mehnat huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, kasaba uyushmasi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
📋 Shuningdek, xodimlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🙏 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish, mavjud masalalarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishga qaratilgan