Barcha yangiliklar
NAVOIY KO‘CHASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Gallery image 278332
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
14:38

NAVOIY KO‘CHASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

 NAVOIY KO‘CHASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan Navoiy ko‘chasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🙏 Uchrashuv davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari o‘rganildi.

🔎 Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish va ularning murojaatlari ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.