



ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA QAROR IJROSI O‘RGANILDI
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA QAROR IJROSI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari J. Ochilov va S. Djumanova, shuningdek, hokim maslahatchisi O. Norimova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 59-sonli qarori ijrosi o‘rganildi.
📋 Mazkur qaror iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda ushbu yo‘nalishda davlat organlari va tashkilotlari hamkorligini samarali tashkil etishga qaratilgan.
🔎 O‘rganish davomida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🙏 Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda aholining iste’molchi sifatidagi huquqiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.
✅ O‘rganishlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida qonunchilik ijrosini ta’minlash va mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.