

OILAVIY POLIKLINIKALAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
OILAVIY POLIKLINIKALAR FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlarining ish faoliyatini o‘rganish, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
🩺 Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar davomida tibbiy xizmatlar sifati, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam, kasalliklarning oldini olish va profilaktika tadbirlarining tashkil etilishi, shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash ko‘zda tutilgan.
📋 Ushbu masalani navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Sessiyada tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan aholi salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish va profilaktika qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning natijalarini muhokama qilish nazarda tutilgan.
🔎 O‘rganish va muhokamalar yakunida sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️