Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
Gallery image 278319
Gallery image 278320
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
14:32

Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

 Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Parchachandir mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va ehtiyojlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Murojaatchilar bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.

✏️ Aniqlangan muammolar va takliflar qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda imkon qadar amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

👍 Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarni manzilli hal etish va deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.