

4-BAND IJROSI: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI
4-BAND IJROSI: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Elbek mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallaning Mehnatkash qishlog‘i, Shaboda ko‘chasida joylashgan “Oxalik Oltin bog‘i Mevasi” MCHJ faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar ham ko‘rib chiqildi.
📊 Ma’lum qilinishicha, korxona rahbari Olim Soliyev bo‘lib, 5 ta nasos orqali 450 gektar yer maydoni sug‘oriladi.
📋 O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnat bilan band qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlari yuzasidan e’tibor qaratildi.
🙏 Deputatlik o‘rganishlarining asosiy maqsadi — mahallada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirish hamda bandlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni takomillashtirishdan iborat. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!