



ÇILONZORDA “ŞUKRONALIK” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BÖLIB ÖTDI
Çilonzor tumanidagi 232-sonli umumta’lim maktabida “Şukronalik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda tumandagi faol nuroniylar, maktab ma’muriyati, öquvçilar hamda xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşi deputati Mutalov Omonulla Nigmatullayeviç iştirok etdi.
Tadbir davomida deputat Mutalov Omonulla Nigmatullayeviç sözga çiqib, yurtimizda hukm surayotgan tinçlik va osoyiştalikni qadrlaş, bugungi farovon hayotimiz uçun şukronalik tuyğusi bilan yaşaş hamda yoş avlodning Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamol topişi muhim ekanini ta’kidladi.
Şuningdek, u yoşlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalaniş, puxta bilim oliş, odob-axloqli böliş, ota-onalar va ustozlarni hurmat qiliş, jamiyat hayotida faol iştirok etiş zarurligi haqida fikr bildirdi.
Uçraşuv davomida nuroniylar ham yurtimizning tinçligi, barqaror taraqqiyoti hamda yoşlar uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar haqida öz hayotiy tajribalari bilan örtoqlaşdilar.
Mazkur tadbir yoş avlod qalbida şukronalik, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va tinçlikni asrab-avaylaş tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qildi.