Barcha yangiliklar
🔰Xalq vakillarining masʼuliyatini oshirish yo‘lida.
Gallery image 278294
Gallery image 278295
Gallery image 278296
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
29 Okt 2026
14:09

🔰Xalq vakillarining masʼuliyatini oshirish yo‘lida.

📌Bugun, 29 oktyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlarini o‘rganish natijalari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari ham ishtirok etdilar.

🔸Seminarda mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijrosi, ularni o‘rganish natijalari va tegishli davlat organlari rahbarlarining hisobotlari muhokama qilindi.

🔸Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook