


MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 24-Botirma saylov okrugi deputati Tashmuxamedova Muxabbat Baxtiyorovna tomonidan Botirma mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularni tegishli yordam bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔹 Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, oilalardagi ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash va mavjud masalalarni mahalla darajasida hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
✅ O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan manzilli ishlash hamda xotin-qizlarning murojaatlari va muammolariga o‘z vaqtida yechim topishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.