Barcha yangiliklar







ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
14:01
DEPUTAT TUMAN ISTIROHAT BOG‘I HOLATINI O'RGANDI
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tuman istirohat bog‘iga tashrif buyurib, uning mavjud holati, obodonlashtirish ishlari va aholi uchun yaratilgan dam olish sharoitlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida bog‘ hududining tozaligi, yashil maydonlar va daraxtlarni parvarishlash, o‘rindiqlar hamda dam olish maskanlarining holati, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Istirohat bog‘ini yanada obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani saqlash va takomillashtirish hamda aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun sharoitlarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi.