Barcha yangiliklar
🌿 “YANGIOBOD EKO SFERA GROUP” MCHJ FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 278285
Gallery image 278286
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
13:57

🌿 “YANGIOBOD EKO SFERA GROUP” MCHJ FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov “Yangiobod Eko Sfera Group” MCHJ faoliyati bilan tanishib, korxona tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va hududlarda sanitariya-tozalash xizmatlarini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratdi.

O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlarini tashkil etish, mavjud transport vositalaridan samarali foydalanish, xizmatlar sifatini oshirish hamda mahallalarda tozalikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Deputat korxona faoliyatida mavjud masalalarga e’tibor qaratish, sanitariya-tozalash ishlarining uzluksizligini ta’minlash va aholi murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish muhimligini ta’kidladi.