
XORAZMDA ÖZBOŞIMÇALIK BILAN EGALLANGAN YER VA BINOLARGA BÖLGAN HUQUQLAR EʼTIROF ETILMOQDA
XORAZMDA ÖZBOŞIMÇALIK BILAN EGALLANGAN YER VA BINOLARGA BÖLGAN HUQUQLAR EʼTIROF ETILMOQDA
🏅Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşining 2026-yil 29-oktabrdagi “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi VII-27-122-12-0-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
✅ Qarorga köra:
Viloyat böyiça jami 5952 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari hamda ulardagi bino-inşootlariga bölgan huquqlari qonuniy eʼtirof etildi.
📌 Belgilangan muddatlar:
Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlar uçun — 99 yil muddatga ijara huquqi;
Boşqa yer uçastkalari uçun — 49 yil muddatga ijara huquqi;
Ularda qurilgan bino va inşootlarga — Mulk huquqi berilmoqda.
ℹ️ Uşbu jarayon Kadastr agentligining “Eʼtirof” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali, Adliya boşqarmasining ijobiy xulosalari asosida amalga oşirildi.
📜 Maʼlumot örnida: Mazkur çora-tadbirlar aholining köp yillik muammolarini hal etiş va köçmas mulk obʼyektlarini rasmiylaştiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.