Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 278278
Gallery image 278279
Gallery image 278280
Gallery image 278281
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
29 Okt 2026
13:07

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#162_qonun
#24_ta_masala
#11_band

SOVUQ KUNLARDA O‘QUVCHILAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH — MUHIM VAZIFA!

🏫 Bandixonda maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilmoqda

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

✅Navbatdagi o‘rganish tumandagi 12-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Unda tegishli mas’ullar ishtirokida maktab hududining obodonlashtirilganlik holati, isitish pechlarining mavsumga shayligi hamda ko‘mir zaxirasi ko‘zdan kechirildi.

✅O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida munosib sharoit yaratish muhimligi ta’kidlandi.

✅Maqsad — qishning sovuq kunlarida ham o‘quvchilar uchun iliq, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlash!