
📌 XUSUSIYLAŞTIRIŞ DASTURI IJROSI YUZASIDAN HISOBOT KÖRIB ÇIQILDI
📌 XUSUSIYLAŞTIRIŞ DASTURI IJROSI YUZASIDAN HISOBOT KÖRIB ÇIQILDI
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşining 2026-yil 23-oktabrdagi VII-27-115-12-O-K/26-son qarori bilan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Xorazm viloyati hududiy boşqarmasi boşliği U. Kalandarovning xususiylaştiriş dasturi ijrosi yuzasidan hisoboti maʼlumot uçun qabul qilindi.
🔎 Qarorda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son Farmoni ijrosi doirasida davlat aktivlari va yer uçastkalarini ommaviy savdolarga çiqariş masalalariga eʼtibor qaratildi.
📊 Asosiy körsatkiçlar:
🔹 2026-yilda boşlanğiç narxi 704,7 mlrd söm bölgan 74 ta davlat aktivini ommaviy savdolarga çiqariş belgilangan.
🔹 Joriy yilda 49 ta davlat aktivi 275,9 mlrd sömga sotilişi taʼminlangan.
🔹 Boşlanğiç narxi 483,3 mlrd söm bölgan 57 ta davlat aktivi böyiça ommaviy savdolar davom etmoqda.
🔹 256 gektar yer uçastkalarini auksion savdolariga çiqariş çoralari belgilangan.
🔹 Joriy yilda 279,9 gektar yer uçastkasi savdoga çiqarilgan, 111,4 gektari 216,4 mlrd sömga sotilişi taʼminlangan.
✅ Qaror bilan davlat aktivlarini boşqariş agentligining hududiy boşqarmasiga ommaviy savdolarni davom ettiriş, “E-auksion” platformasi orqali sotiladigan davlat köçmas mulk obyektlari haqidagi maʼlumotlarni tadbirkorlar va aholi örtasida keng yoritiş vazifalari yuklatildi.