






#Aholi_murojaati #Deputatlik_nazorati #Sayrak_mahallasi #Vaxshivorsoy
Fuqarolar murojaatlari va aholi xavfsizligini ta’minlash borasidagi dolzarb masalalarni o‘rganish maqsadida joylarda amaliy o‘rganish tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Aholi murojaatlari asosida Oltinsoy tumanidagi “Sayrak” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Vaxshivorsoy” darasining qirg‘oqbo‘yi hududlarida navbatdagi deputatlik o‘rganish ishlari olib borildi.
Tadbirlarda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputati A. Egamberdiyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar ishtirok etishdi.
O‘rganish davomida soy qirg‘oqlarining yemirilishi (yuvilib ketishi), tuproq o‘pirilishi oqibatida yaqin atrofda joylashgan aholi xonadonlari, kommunikatsiya (quvur) tarmoqlari hamda ichki yo‘llarga xavf tug‘dirayotgan holatlar bevosita ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijalari atroflicha tahlil qilinib, aniqlangan muammolar yuzasidan soy qirg‘oqlarini mustahkamlash hamda xavfni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarildi. Masalaning hal etilishi deputatlar nazoratida qoladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz