Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 278249
Gallery image 278250
Gallery image 278251
Gallery image 278252
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
12:34

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
🧵 TIKUVCHILIK SEXI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov “Qorabog‘” mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan tikuvchilik sexiga tashrif buyurishdi.

👩‍🦰 Mazkur tikuvchilik sexida xotin-qizlarning bandligi ta’minlanib, ular tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bu esa ayollarning kasb-hunar orqali daromad topishi, oilaviy farovonligini oshirishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga imkon yaratmoqda.

🪡 Tashrif davomida sexdagi ish jarayonlari, yaratilgan mehnat sharoitlari va xotin-qizlar uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

🤝 Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hududlarda aholi farovonligini oshirishning muhim omillaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube