Barcha yangiliklar
Yangi imkoniyatlarni ishga solish va raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 278246
Gallery image 278247
Gallery image 278248
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
26 Okt 2026
00:00

Yangi imkoniyatlarni ishga solish va raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi

Yig‘ilish davomida tuman hududlaridagi mavjud imkoniyat va ichki zaxiralardan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tuman miqyosida turli sohalarni raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish va ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishlarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali ish samaradorligini oshirish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalar davomida hududlarning o‘ziga xos imkoniyatlarini ishga solish, yangi tashabbus va takliflarni ilgari surish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Tuman hokimi tomonidan mas’ullarga har bir hududning imkoniyatlarini chuqur tahlil qilish, qo‘shimcha ichki zaxiralarni aniqlash, ilg‘or tajribalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish orqali belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad — mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, zamonaviy yondashuv va yangi tashabbuslar orqali hududlar rivojini jadallashtirish hamda aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishdan iborat.