






KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
O‘rganish davomida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, xususan, maktablarda zamonaviy qozonxonalarni o‘rnatish, isitish tizimlarini ishga tayyorlash hamda mavsum uchun zarur ko‘mir zaxirasini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Jumladan,16-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan isitish tizimi naʼmuna sifatida ko‘rsatilib, uning ishlash tartibi va samaradorligi bilan tanishildi. Ushbu tajriba orqali ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini munosib sharoitda o‘tkazish, sinfxonalarni bir maromda isitish hamda o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud isitish tizimlarini soz holatga keltirish, ko‘mir zaxirasini yetarli darajada shakllantirish hamda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.