Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 278230
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
29 Okt 2026
12:26

Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Obod yurt” mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

Bandixon tumanida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov tuman Kengashining 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib,, hududdagi ishlar holatini o‘rgandi.

Nazorat-tahlil tadbiri “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–116-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. O‘rganish jarayonida mahalla faollarining aholi bilan ishlashi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mahalla faoliyatining samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusida tegishli idoralar bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.