



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Deputat mahallada
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Botir Nurmatov “Yuzrabot” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida hokim yordamchisining faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, aholini kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.