Barcha yangiliklar
🔰Muammolar joyida hal etilmoqda.
Gallery image 278195
Gallery image 278196
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
29 Okt 2026
12:01

🔰Muammolar joyida hal etilmoqda.

📌Jizzax shahar “Ittifoq” MFYda navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov, shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J.Sherqulov, shahar prokurori A.Sakiyev hamda mutasaddi tashkilotlar, kommunal soha va xizmat ko‘rsatish korxonalari vakillari ishtirok etdilar.

🔸Muloqot davomida mahalla aholisi hamda fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta‘mirlash, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi ta‘minotini yaxshilash, bandlik hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi qator shaxsiy va jamoat ahamiyatiga molik dolzarb muammolar hamda takliflar bildirildi.

🔸Qabulda har bir fuqaroning murojaati diqqat bilan tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va mas‘ullarga aniq topshiriqlar berildi. Joyida yechimi topilgan murojaatlar qanoatlantirildi, muddat talab etadigan masalalar ijrosi esa nazoratga olindi.