Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 278194
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
29 Okt 2026
12:01

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_qonun
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Chinor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

🫥Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga tezkor yechim topish borasida deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

🫥Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov  Kengashning 7-"Chinor" saylov okrugi deputati U.Jumayev okrugiga qarashli “Chinor” mahallasiga tashrif buyurib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

🫥Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🫥O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.