Barcha yangiliklar







NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
23 Okt 2026
00:00
ISH BILAN BANDLIKNI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
Seminar davomida fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini inobatga olgan holda bandligini ta’minlash hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishsizlikni kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish va har bir murojaat ortida turgan muammoga amaliy yechim topish zarurligi ta’kidlandi. Mas’ullarga fuqarolarni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish va erishilgan natijalar ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — mahallada ishsizlikni qisqartirish, fuqarolar uchun barqaror daromad manbalarini yaratish va aholi farovonligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.