



Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Sirdaryo viloyati Saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari F.Abdusattorov tomonidan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijro holati hamda ularning natijadorligi tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.
O‘rganish davomida deputatlik so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati, mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi, belgilangan muddatlarda javob berilishi hamda muammolarni amalda hal etishga qaratilgan choralar tahlil qilindi. Shuningdek, so‘rovlar ijrosida rasmiy javoblar bilan cheklanib qolmasdan, fuqarolarni qiynayotgan muammolarning amaliy yechimiga erishish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Tahlil jarayonida deputatlik so‘rovlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan aniq natijalarga erishish muhimligi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va deputatlik nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Asosiy maqsad — deputatlik so‘rovlarining shunchaki rasmiy javob bilan yakunlanishiga emas, balki ular orqali ko‘tarilgan muammolarning amaliy hal etilishiga erishish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashdan iborat.