Barcha yangiliklar
DEPUTAT AHOLI MUROJAATLARINI ÖRGANDI: “BIO TEX SERVIS” BSK FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 278185
Gallery image 278186
Gallery image 278187
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
29 Okt 2026
11:52

DEPUTAT AHOLI MUROJAATLARINI ÖRGANDI: “BIO TEX SERVIS” BSK FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Çilonzor tumani Kengaşi deputati Taşmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna Zarqörğon mahallasi hududiga xizmat körsatuvçi “Bio Tex Servis” BSK faoliyatidan norozi bölgan aholi bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida fuqarolar tomonidan boşqaruv servis kompaniyasi faoliyati qoniqarsiz ekani, köp qavatli uylarni kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar talab darajasida emasligi yuzasidan e’tirozlar bildirildi.
Deputat aholi tomonidan kötarilgan masalalarni tinglab, köp qavatli uylarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligini ta’minlaş, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş hamda uy-joylarni saqlaş va ularga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş zarurligini ta’kidladi.
Kelgusida aholi tomonidan bildirilgan e’tiroz va muammolarni tegişli mas’ul taşkilotlar hamda “Bio Tex Servis” BSK vakillari iştirokida muhokama qiliş, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş va köp kvartirali uylarni kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş böyiça zarur çoralarni belgilaş rejalaştirildi.
Şuningdek, aholi murojaatlarida kötarilgan masalalar yeçimini topiş, xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş hamda mas’ul taşkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oşiriş belgilab olindi.
Deputatlik nazorati — aholi murojaatlari va muammolariga amaliy yeçim topiş yölida!